09:28 / 04.01.2017
5231

Ispaniya Kubogi. «Atletiko» g‘alaba qozondi, «Valensiya» o‘z uyida yirik hisobda yutqazdi 

Ispaniya Kubogining 1/8 final bosqichida 4ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Las-Palmas» «Atletiko»ni qabul qildi va 0:2 hisobida yutqazdi. Gollarga mehmonlarning yetakchilari Koke va Grizmann mualliflik qildi.

«Valensiya» o‘z maydonida «Selta»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi, bu o‘yinning 19-daqiqasidayoq hisob 0:3 ko‘rinishiga kelgandi.

Mehmonlar Yago Aspasning 3-daqiqada penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochdi, keyingi gollarga Teo Bongonda, Daniel Vass va Yon Gvidetti mualliflik qildi. «Valensiya»ning birgina javob goli ham penaltidan kiritildi, Daniel Parexo gol muallifi.

«Osasuna» esa «Eybar»ni qabul qildi va 3ta gol o‘tkazib yubordi. Gollar Nano, Bebe va Adrian Gonsales hisobiga yozildi.

Yana bir uchrashuvda «Deportivo» «Alaves» bilan durang o‘ynadi — 2:2. 

Javob uchrashuvlari 10 va 11 yanvar kunlariga belgilangan.

Las-Palmas – Atletiko 0:2 
Gollar: 0:1 – 23 Koke, 0:2 – 51 Grizmann.
Las-Palmas – Lisoain, Garsiya Santana, Kastelyano, Simon, Artiles, Viyera (Boateng, 73), Santana, Padron (Garsiya, 78), Gomes, El-Jar, Mesa (Kastelyano, 68).
Atletiko – Moyya, Godin, Savich, Filipe Luis, Xuanfran (Korrea, 63), Saul, Gabi (Gaytan, 75), Grizmann, Koke, Vrsalko, Gameyro (Ximenes, 64).
Ogohlantirishlar: Koke (30), Gabi (47), Vrsalko (71), Garsiya Santana (81), Boateng (81).

Osasuna – Eybar 0:3
Gollar: 0:1 – 28 Nano, 0:2 – 75 Bebe, 0:3 – 90 Gonsales.
Osasuna – Mario, Bonnin, Fuentes (Lorea, 79), Bunyuel, Ivan Markes, Imanol Garsiya (Chaushich, 46), Sanxurxo, Tensa, Torres (Berenger, 46), Leon, Riyera.
Eybar – Yoel, Galves, dos Santos, Arbilya, Luna (Kapa, 80), Rivera, Gonsales, Eskalante (Riko, 68), Penya, Nano (Kike, 73), Bebe.
Ogohlantirishlar: Arbilya (41), Fuentes (45), Rivera (60), Riyera (86).

Valensiya – Selta 1:4
Gollar: 0:1 – 3, penalti Aspas, 0:2 – 14, avtogol Xavi Ximenes, 0:3 – 19 Vass, 1:3 – 58, penalti Parexo, 1:4 – 75 Gvidetti.
Valensiya – Domenek, Joau Kanselu, Xavi Ximenes, Sikeyra, Parexo, Suares, Peres (Soler, 46), Medran (Bakkali, 61), Rodrigo (Rafa Mir, 79), Santi Mina, Munir.
Selta – Alvares, Kabral, Ronkalya, Kastro, Malo, Ernandes (Diop, 78), Dias, Vass (Sisto, 84), Radoya, Bongonda, Aspas (Gvidetti, 72).
Ogohlantirishlar: Medran (23), Peres (25), Munir (57), Alvares (57), Sikeyra (68).

Deportivo – Alaves 2:2
Gollar: 0:1 – 3 Santos, 0:2 – 45, penalti Mendes, 1:2 – 73 Gama, 2:2 – 90 Xoselu.
Deportivo – Martines, Luizinyu, Albentosa, Arribas, Xuanfran, Cholak (Oskar Pinchi, 61), Gama, Borxes (Gilerme, 61), Moskera, Moreno (Borxa Vale, 72), Xoselu.
Alaves – Ortola, Teo, Feddal, Laguardia, Femeniya, Kamarasa (Garsiya Karnero, 72), Mendes, Markos Lorente, Krstichich (Torres, 88), Katai (Ibai Gomes, 76), Santos.
Ogohlantirishlar: Mendes (54), Krstichich (64), Luizinyu (71), Gama (87), Xoselu (90).

Top