16:18 / 04.01.2017
6316

Qozog‘istonning AQShdagi elchisi o‘z lavozimidan ozod qilindi

Foto: RIA "Novosti"

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qayrat Umarovni respublikaning BMTdagi doimiy vakili etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. U bundan avval mamlakatning AQShdagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan. Qozog‘iston rahbarining matbuot xizmati 4 yanvar, chorshanba kuni shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Umarov turli yillarda AQShdagi Qozog‘iston elchixonasining maslahatchisi, respublika tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi, bir qator mamlakatlarda Qozog‘iston elchisi, TIV rahbar o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U 2013 yildan Qozog‘istonning AQShdagi elchisi hisoblangan. 

Dekabr oyi oxirida Nazarboyev mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili Qayrat Abdurahmonovni respublika TIV rahbari etib tayinladi. 

 

Top