23:58 / 04.01.2017
14274

OAV: Istanbuldagi restoranlardan birida qurolli hujum sodir bo‘ldi

Foto: NewsJS TR

Istanbulning Fotih tumanida joylashgan restoranlardan birida qurolli hujum sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN Turk. 

Telekanal bergan ma'lumotga ko‘ra, hujum qilgan shaxs bir o‘zi bo‘lgan. Voqea natijasida ikki kishi – universitet professori va restoran xo‘jayini jabrlandi. 

Voqea joyiga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tashrif buyurishdi. Hozirda jinoyatchi haqida ma'lumotlar berilmagan. 
 

Mavzuga oid
Top