18:30 / 04.01.2017
13510

Vodiyda yagona bo‘lgan “Ibrat” majmuasining loyihasi yakuniga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida bir qator ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi. Viloyatda mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Viloyat hokimining qaroriga binoan  1862 - 1937 yillarda yashab ijod etgan Isoqxon To‘ra Ibrat xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy maydoni 2,2 gektarni tashkil etuvchi “Ibrat” majmuasini loyihalashtirish ishlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligining axborot xizmati rahbari O‘g‘iloy Boltaboyeva xabar bermoqda.

Mazkur majmuada “Ibrat” muzeyi (ichida kutubxona va mutolaa xonalari, ekspozitsion zal), “Ibrat” tillar maktabi (21x12 metr zal, 160 o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari, sport maydonchalari), “Ibrat” bog‘i (Favvora, xiyobon, Ibrat haykali) qurilishi ko‘zda tutilgan. Majmuani qurish ishlari shu yilning mart oylarida boshlab yuboriladi. 

Aytish kerak-ki, Isoqxon To‘ra Ibrat vodiyda ilk bor “Matbaaiya Isoqiya” bosmaxonasiga asos solgan ma'rifatparvar inson bo‘lgan. U o‘sha davrdayoq          7 ta xorijiy tilni o‘zlashtirib, bir nechta o‘quv darsligi va boshqa noyob adabiyotlarni ijod qilgan.

Top