13:40 / 05.01.2017
5895

2016 yilda KXDRning 1,4 mingdan ortiq fuqarosi Janubiy Koreyaga qochib o‘tgan

Foto: dailyherald.com

O‘tgan yili 1,4 mingdan ortiq shimoliy koreyalik qochqinlar Koreya respublikasiga o‘tib olgan. Koreyaning KBS telekanali Birlashish vazirligiga asoslangan holda shunday ma'lumotlarni tarqatgan. 

"Vazirlik axborotiga ko‘ra, 2016 yili Janubiy Koreyaga Shimoldan 1414 kishi qochib o‘tgan. Bu 2015 yilga nisbatan 11 foizga ko‘p demakdir. O‘tgan yil oxiridagi holatga binoan, Koreya respublikasida istiqomat qilayotgan shimoliy koreyaliklar soni 30,2 ming kishini tashkil etmoqda", - deb ta'kidlagan telekanal.

Xabarlarga ko‘ra, Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, 2016 yil shimoliy koreyalik qochqinlar soni ko‘paygan birinchi yil bo‘lgan. 
 

Mavzuga oid
Top