11:08 / 05.01.2017
5602

Eng mashhur univermaglar tarmog‘i AQShdagi 10 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi

Amerikaning nufuzli Macy's univermaglari tarmog‘i 68 ta do‘konini yopish va taxminan 10 ming xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi. Bu haqda kompaniya chorshanba kuni ma'lum qilgan.

"Biz ushbu qadamlar sarf-xarajatlarni 2017 yilda deyarli 550 million dollarga kamaytirishga yordam berishidan umid qilmoqdamiz. Shuningdek, bu holat onlayn-rejimdagi savdoga qo‘shimcha 250 million dollar sarmoya kiritishga ham yordam beradi", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniyaning uchta do‘koni 2016 yilda yopilgan bo‘lib, yana 63 tasi joriy yilning bahoriga qadar o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Qolganlari esa yozda yopiladi. Taxminan 3,9 ming xodim ishdan bo‘shatiladi, yana 6,2 ming kishi esa menejyerlik ishi faoliyatini optimallashtirish dasturiga ishtirokchisiga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Macy's tarmog‘i tarkibiga avval 730 univermag kirgan. O‘tgan yilning yozida esa kompaniyaning Nyu-Yorkdagi bosh univermagi chakana savdo sohasi ishchilari mahalliy kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi. Bu do‘kon xodimlari tomonidan ommaviy ravishda ish tashlashning oldini olgan. Rahbariyat xodimlari ish haqini oshirib, tibbiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni ham ko‘paytirishga majbur bo‘ldi. Kasaba uyushmasi ittifoqi tarkibiga Nyu-Yorkdagi Macy's’ning taxminan 3,5 ming xodimi kiradi.

Top