10:13 / 05.01.2017
5025

Xitoy 2020 yilgacha muqobil energiya manbalariga qancha sarmoya kiritishini ma'lum qildi

Foto: businessinsider.com

Xitoy hukumati 2020 yilgacha mamlakatdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga 2,5 trln yuan (360 mlrd AQSh dollaridan ortiq) sarmoya kiritadi. Bu haqda XXR davlat energetika boshqarmasining hisobotida so‘z yuritilgan. 

Boshqarma mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko‘ra, energetikaning ushbu sohasini kengaytirish mamlakatda qo‘shimcha 13 mln ish o‘rnini barpo etish imkonini beradi. Hujjatda aytilishicha, eng istiqbolli yo‘nalishlar orasida - gidroenergetika (2020 yilga kelib Xitoydagi GESlar quvvatini 380 ming MVtga yetkazish rejalashtirilgan), shamol elektrstansiyalari (mavjud quvvat 210 ming MVtga yetkaziladi), quyosh panellari (110 ming MVt), biotexnologiyalar (15 ming MVt) bor.

Top