08:42 / 05.01.2017
3634

Xitoydagi konda portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xenan viloyatidagi ko‘mir konida yuz bergan portlash oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sina axborot portali ma'lum qildi

Qutqaruvchilarning aytishicha, portlash yuz bergan vaqtda tunnelda 50 dan ko‘proq konchi bo‘lgan. Ulardan 7 nafari hali ham vayronalar ostida qolmoqda. Voqea joyiga tez yordam mashinalari va mahalliy hokimiyat organlari vakillari yetib kelganlar. Voqea tergov qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top