15:22 / 05.01.2017
8343

Turkiya hukumati: tungi klubga hujum qilgan terrorchi mamlakatdan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin

Foto: Reuters

Turkiya hukumati Istanbuldagi tungi klubga hujum qilgan terrorchining aloqalarini aniqladi. U xorijda yashiringan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Reyter mamlakat bosh vazir o‘rinbosari Veysi Qaynoqqa asosan.

Turkiya bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hujum bir kishi tomonidan amalga oshirilgan, biroq unga yordam berishgan bo‘lishi mumkin. Uning taxminicha, terrorchi – uyg‘ur. Turkiya hukumati uning yashirinishi mumkin bo‘lgan joylari va aloqalarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Qaynoqning fikricha, hujum qilgan shaxs Turkiyadan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Izmir shahrida terakt tashkilotchilarini qidirish bo‘yicha maxsus amaliyot davomida 40 kishi qo‘lga olindi. Ular IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

 

Mavzuga oid
Top