15:18 / 06.01.2017
24573

Bollivudning mashhur aktyori Om Puri vafot etdi

Hindistonlik mashhur aktyor Om Puri 66 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Bi-Bi-si” xabar bermoqda.

Puri 6 yanvar kuni tongda, Mumbaydagi o‘z uyida vafot etgan, deb marhumning qarindoshlari bergan ma'lumotga asoslanib, xabar bergan manba.
Om Puri kinematografiya sohasining faxriysi bo‘lib, 100dan ziyod kinokartina va televizion filmlarda suratga tushgan. Ular orasida “Disko raqqosi”, “Qonun va qasos 2”, “Don”, “Sartarosh Billu” kabi mashhur filmlar bor. Aktyor o‘z faoliyati davomida 10dan ziyod kinomukofotlarni qo‘lga kiritgan. Chexiya va Kanada kinofestivallarida qatnashgan.

Mavzuga oid
Top