23:34 / 06.01.2017
12130

Florida aeroportida otishma: qurbonlar va jarohatlanganlar bor

AQShning Florida shtati,  Fort-Loderdeyl shahrida joylashgan xalqaro aeroport hududida otishma ro‘y berdi.

Ushbu hodisa vaqtida kamida 1 kishi halok bo‘lgan va 9 kishi turli darajada jarohatlangan. Bu ma'lumot Oq uyning sobiq matbuot kotibi Ari Fleysher tomonidan tasdiqlangan.

Odamlarni o‘qqa tutgan shaxs yolg‘iz harakatlangani aytilmoqda.

Aeroport hududida yo‘lovchilar va xodimlarni evakuatsiya qilish ishlari olib borilgan.

Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top