10:24 / 06.01.2017
53075

O‘zbekiston davlat maslahatchisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 yanvardagi Farmoni bilan Davletov Ruslanbek Quroltayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Shu munosabat bilan Davletov Ruslanbek Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga kim tayinlangani hozircha noma'lum.

Ma'lumot uchun, Davletov to‘rtta oliy o‘quv yurtini tamomlagan. U mehnat faoliyatini 2001 yilda monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasida mutaxassis lavozimidan boshlagan bo‘lib, keyinchalik bosh mutaxassis, ushbu qo‘mita bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan. U 2016 yilning sentabr oyidan Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Top