16:27 / 07.01.2017
7734

Suriya shimolida kuchli portlash sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

Suriya shimolida joylashgan Azaz shahrida kuchli portlash ro‘y berdi. 

Turkiya bilan chegaradan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan shaharda yuz bergan hodisa oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sky News Arabia telekanali xabar tarqatgan.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, minalashtirilgan avtomobil portlagan, o‘nlab kishilar jarohat olgani aytilmoqda.

Top