18:26 / 07.01.2017
3940

Tayvanda 500 ga yaqin bola maktab taomlaridan zaharlandi

Foto: RIA

Tayvanning Tybey shahridagi maktablardagi sifatsiz taomdan kamida 498 kishi zaharlangan. Ba haqda Tayvan Maraziy axborot agentligi (CNA) shahar ta'lim departamentiga asoslangan holda xabar qilmoqda

Ma'lumotlarga ko‘ra, Taybeydagi to‘rtta boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida zaharlanish hollari 6 yanvar kuni kuzatila boshlangan. 7 nafar bolaga gastroenterit (oshqozon va ichak shilliq pardasining virus va bakteriyalar tufayli kasallanishi) tashxisi qo‘yilgan, biroq, ularni shifoxonaga yotqizish talab qilinmagan. 

Shundan so‘ng, shahar ma'muriyati ta'lim maskanlariga taom yetkazib beradigan firmalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga ko‘rsatma bergan. Taomlar namunalari ekspertizaga yuborilgan, tahlil xulosasi 15 kunda ma'lum qilinishi kutilmoqda. 


 

Mavzuga oid
Top