11:14 / 07.01.2017
9992

WikiLeaks AQSh razvedkasi e'lon qilgan hisobotga o‘z bahosini berdi

AQSh maxsus xizmatlarining Amerika siyosiy institutlariga amalga oshirilgani ta'kidlangan hisobotlarining negizida teledasturlar va Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi qaydlar yotadi. WikiLeaks tashkiloti 6 yanvarda e'lon qilingan hisobotga shunday baho berdi.

"AQSh hukumatining "Rossiya xakerlik xurujlari" haqida e'lon qilgan hisoboti  televizor tomosha qilish va Twitter xabarlarini o‘qishga asoslangan deyish mumkin", - deyiladi WikiLeaks izohida. Tashkilotning Twitter tarmog‘idagi mikroblogida shu haqda so‘z yuritilgan. Bunda, Amerika razvedkasi hisobotining quyidagi xatboshisi nazarda tutilgani ta'kidlangan: "Bizning Kreml rejalari va qarashlariga doir ayrim xulosalarimiz Kremlga sodiq shaxslar, davlat OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi kremlparast shaxslarning xulq-atvorini o‘rganish va tahlil qilish natijasidir. Ularning barchasi Kreml tomonidan yo ishora berishda qo‘llaniladi yoxud Kreml qarshisida hisob beradi".

Rasmiy Moskva AQSh Demokratik partiyasi serverlariga uyushtirilgan xakerlik hujumlarini o‘ziga nisbat berilishini keskin rad etmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha marotaba bu mavzu xususida fikr bildirar ekan, mag‘lub bo‘lgan tomon har doim aybni o‘zgalardan qidirishi bor narsa ekanini uqdirgan edi. U, shuningdek, bu mojaroda asosiysi, xakerlarning jamoatchilik e'tiboriga taqdim qilgan axborotlar mazmunidadir. Putinning aytishicha, "xakerlar to‘g‘ri ma'lumotni fosh etishganining isboti shuki, AQSh Demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasi rahbari iste'foga chiqqanidir. Bu xakerlar taqdim etgan axborot rostligini tan olishni anglatadi".

2016 yil iyul oyida WikiLeaks saytida AQSh Demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasi a'zolarining o‘zaro elektron yozishmalari e'lon qilingan edi. Unda partiya rahbariyati o‘z nomzodlari Hillari Klinton va Berni Sandersga bir xil munosabatda bo‘lmagan, aksincha Klintonga qaytarzda yordam berish yo‘llarini muhokama qilgan. 

6 yanvar kuni e'lon qilingan hisobotni AQSh MRB, FQB va Milliy xavfsizlik agentligi birgalikda tayyorlagan. Biroq, ushbu hujjatda Rossiyaning xakerlik hujumlarida qo‘li borligini so‘zsiz isbotlaydigan bitta ham dalil yo‘qligi ta'kidlanmoqda.  

Top