22:01 / 08.01.2017
5250

Angliya Kubogi: «Chelsi» «Piterboro»ni yirik hisobda yengib, keyingi bosqichga chiqdi

«Chelsi» Angliya Kubogining 3-bosqichi doirasida «Piterboro Yunayted»ga qarshi o‘ynadi. Londondagi «Stemford Bridj» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Mezbonlar safida Pedro Rodriges dubl qayd etdi, Mishi Batshuayi va Villian bittadan golga mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona javob goli Tom Nikols tomonidan urildi. 

Yana bir o‘yinda «Midlsbro» «Sheffild Ueynsdey»ni qabul qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi. 

«Chelsi» va «Midlsbro» turnirning 1/16 finaliga yo‘l oldi. Bu jamoalar navbatdagi raqiblarini qur'a natijasida bilib oladi.

Chelsi – Piterboro 4:1
Gollar: 1:0 – 18 Pedro, 2:0 – 43 Batshuayi, 3:0 – 52 Villian, 3:1 – 70 Nikols, 4:1 – 75 Pedro.
Chelsi – Begovich, Terri, Zuma, Ivanovich, Keyhill (Ayna, 57), Loftus-Chik (Aspilikueta, 70), Chaloba, Pedro, Villian (Kante, 73), Fabregas, Batshuayi.
Piterboro – Makgi, Tafazolli, Hyuz (Binnom-Uilyams, 83), Smit, Bostuik, Engol, Forrester, Meddison (Teylor, 57), Nikols, Leonardu, Edvards (Samuelsen, 58).
Ogohlantirishlar: Forrester (23), Fabregas (24), Tafazolli (33).
Chetlatish: Terri (67).

Midlsbro – Sheffild Uensdey 3:0
Gollar: 1:0 – 58 Lidbitter, 2:0 – 67 Negredo, 3:0 – 90 de Ron.
Midlsbro – Gyuzan, Espinosa, Chembers, Frend, Ayyala, Kleyton (Dauning, 62), de Ron, Lidbitter, Traore (Fabio, 62), Negredo, Stuani.
Sheffild Uensdey – Uayldsmit, Lovens, Lis, Pudil, Palmer (Lukash Joau, 72), Uolles (Makmanaman, 46), Rich, Bennan, Jons, Foresteri, Fletcher (Nuxiu, 71).
Ogohlantirishlar: Negredo (23), Fletcher (27), de Ron (48), Bennan (57), Lidbitter (60).
Chetlatish: Ayyala (59).

Top