12:40 / 08.01.2017
21069

Bandlik muammosini hal etish bo‘yicha Namangan tajribasi: Har bir gektar maydonga 5 yangi ishchi

Aholining bandligi muammosi hal qilish masalasida Namangan viloyatida o‘ziga xos tashabbus ko‘rsatildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2016 yil 29 dekabrda bo‘lib o‘tgan sessiyasida bu borada qabul qilingan  qarorda O‘zbekiston uchun yangilik sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan tajribaga start berildi.

Kosonsoy tumani hokimi Bahodir Yusupovning (viloyatning sobiq hokimi - tahririyat) viloyatdagi paxta va g‘allachilik hamda bog‘-tok yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarida har gektariga 5tadan ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha bergan taklifi inobatga olinib, Kosonsoy tumani misolida bir oylik muddatda paxta va g‘allachilik hamda bog‘-tok yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklarini har gektar maydonga 5 nafar ishchini o‘zaro kelishuv asosida, mehnat shartnomasi tuzgan holda ishga qabul qilish ishlarini belgilangan tartibda tashkil etilishiga qaror qilingan va ushbu tumanda namunali ish tajribasi asosida seminar o‘tkazish rejalashtirilgan.

"Bu tajribaning 76 mingdan ziyod fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lgan O‘zbekiston bo‘ylab ommalashishi ish bilan bandlik masalasining yechimiga ko‘maklashish qatorida fermer xo‘jaliklarining tizimli ishlashi va samaradorligining oshishiga ham hissa qo‘shishi muqarrar", deyilgan xabarda.

Top