08:35 / 08.01.2017
4840

Florida aeroportida otishmani sodir etgan kimsaga ayblovlar e'lon qilindi

Foto: ABC News

AQShning Florida shtatidagi aeroportda otishma sodir etgan Esteban Santyagoga ayblovlar e'lon qilindi. U o‘lim jazosiga tortilishi mumkin, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi. 

Santyagoga o‘limga olib kelgan zo‘ravonlikni sodir etish ayblovi qo‘yilgan. Ushbu jinoyat uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo ko‘zda tutilgan. 

Terrorchi shuningdek 5 kishining o‘limi va 6 kishining yaralanishida ayblanmoqda.

Taxmin qilinishicha, jinoyatchi 9 yanvarda birinchi bayonot bilan chiqadi.

Avvalroq Fort-Loderdeyl aeroportida otishmani sodir etgan Santyago uning ongini AQSh razvedkasi nazorat qilishini ta'kidlagandi.

6 yanvarda aeroportda sodir etilgan otishma oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 45 kishi yaralangan.

Hujumni sodir etishda 26 yoshli Esteban Santyago gumon qilinmoqda.

 

Mavzuga oid
Top