17:06 / 08.01.2017
8152

Istanbulda kuchli qor yog‘ishi oqibatida 470dan ortiq xalqaro reys bekor qilindi

Turkiyaning Turkish Airlines milliy aviakompaniyasi kuchli qor yog‘ishi sabab Istanbuldagi Otaturk aeroportida 471ta xalqaro reys bekor qilinganini xabar qildi.

Aviakompaniya, shuningdek, noqulay ob-havo sabab 8 yanvarning mahalliy vaqt bilan 17:00gacha bo‘lgan barcha ichki reyslari bekor qilinganini ma'lum qilgan.

Avvalroq Turkiyaning Turkish Airlines milliy aviakompaniyasi Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida 610ta aviaparvozni bekor qilinganini ma'lum qilingan edi. Xabarlarga ko‘ra, shu munosabat bilan 6 mingga yaqin aviayo‘lovchi mehmonxonalarga joylashtirilgan, 20 mingga yaqin kishi issiq ovqat bilan ta'minlangan.

Mavzuga oid
Top