08:38 / 08.01.2017
5659

Kot-d'Ivuarda isyonchilar mudofaa vazirini qo‘yib yuborishdi

Kot-d'Ivuarning Buaka shahrida isyon ko‘targan harbiylar mamlakat mudofaa vaziri  va isyon vaqtida bino ichida ushlab turilgan odamlarni ozod qildilar, deb xabar bermoqda guvohlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Avvalroq isyon ko‘targan harbiylar mamlakat prezidenti Alassan Uattar isyonni yakunlash bo‘yicha kelishuvga kelinganini e'lon qilgandan keyin yarim soat o‘tib mudofaa vaziri uyini o‘qqa tutishgandi.

Qurollangan harbiylar mamlakatning uchta shahri – Buaka, Daloa va Korogoda tartibsizliklar va isyon uyushtirishgan. Ular maoshlarining oshirilishini talab qilishgan.

 

Mavzuga oid
Top