21:28 / 08.01.2017
9006

Qudusdagi terrorchini ekskursovod o‘ldirgani ma'lum qilindi

Isroilning Qudus shahrida bir guruh askarlarga yuk mashinasida borib urilgan terrorchini ekskursovod o‘ldirgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda "Galey TsAXAL" radiostansiyasi xabar bermoqda. 

Itan Rod ismli ekskursovod voqea isroillik harbiylar Arnon Xa-Natsiv yon atrofi va diqqatga sazovor joylarini tomosha qilayotganlarida yuz berganini so‘zlab bergan.

"Men zarbadan bir necha marta havoda aylanib ketib, o‘tloq ustiga tushdim. O‘zimda to‘pponchani paypaslab, mashinaning old oynasiga bir necha marta o‘q uzdim. Men unga o‘qdondagi barcha o‘qni uzdim", deb eslamoqda ekskursovod.

Uning aytishicha, boshqa harbiylar keyinroq o‘q uza boshlashgan.

Hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan. Terrorchi yo‘q qilingan.

Isroilda bo‘lib o‘tgan voqea terakt deb baholangan.

Mavzuga oid
Top