17:46 / 08.01.2017
8133

Neft qazib olishni kamaytirish bo‘yicha yetakchi mamlakat nomi e'lon qilindi

Foto: © AP

Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotining (NEDT) bosh direktori Muhammad Barkindo Saudiya Arabistonini neft qazib olishni pasaytirish bo‘yicha yetakchi-mamlakatlardan biri, deb atadi. Bu haqida 8 yanvar, yakshanba kuni Bloomberg nashrida xabar berildi. 

"NEDTning ba'zi a'zolari, shu jumladan Saudiya Arabistoni kelishuvga muvofiq, neft qazib chiqarishni kamaytirish bo‘yicha yetakchi davlatlarga aylandi", - deya ma'lum qildi Barkindo. 

Bundan uch kun avval The Wall Street Journal'da Ar-Riyod 2016 yilning oktabridan neft qazib chiqarishni kuniga 486 ming barrelga qisqartirgani haqida xabar berilgandi. Shu tariqa Saudiya Arabistoni 2016 yilning noyabrida NEDT mamlakatlari erishgan kelishuvni bajardi. 

10 dekabrda Venada NEDT vazirlari kartelga kirmaydigan mamlakatlar vakillari bilan neft qazib chiqarishni qisqartirishga kelishib olishdi. Kelishuv ijrosi nazorati bo‘yicha qo‘mita majlisi 21-22 yanvar kunlari Venada bo‘lib o‘tishi mumkin. Shu kunlarda, xususan, Barkindoning Kuvayt neft vaziri Essam al-Marzuk bilan uchrashuvi rejalashtirilmoqda. 


 

Top