00:09 / 08.01.2017
5338

Portugaliyaning sobiq prezidenti 92 yoshida vafot etdi

Foto: AFP

Portugaliyaning sobiq prezidenti, mamlakatni 1986 yildan 1996 yilgacha boshqargan  Mariu Soaresh Lissabondagi shifoxonalardan birida 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda 7 yanvarda shifoxona vakiliga iqtibos keltirgan holda AFP axborot agentligi xabar berdi

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Soaresh Qizil Xoch gospitaliga sog‘lig‘i yomonlashgani alomatlari bilan 2016 yil 13 dekabrda yotqazilgan.

Soaresh Portugaliya sotsialistik partiyasi asoschisi va mamlakatda demokratiyaga asos solgan deb hisoblanadi. 

 

Mavzuga oid
Top