08:14 / 08.01.2017
4411

Rimda ikki ruhoniyga hujum qilindi

Bir erkak Rimdagi Santa-Mariya Majore cherkovida ikki ruhoniyga hujum qildi, deb xabar bermoqda La Republica nashri.

Voqea 7 yanvarning ikkinchi yarmida yuz bergan. Hujum vaqtida cherkov ichida odam ko‘p bo‘lgan.

Shisha idish bo‘lagi bilan berilgan zarba oqibatida ruhoniylar jarohat olganlar.

Hozirda hujumni sodir etgan 42 yoshli erkak hibsga olingan. Uni bu jinoyatni sodir etishga undagan sabablar aniqlashtirmoqda.

 

Mavzuga oid
Top