08:02 / 08.01.2017
8596

Suriya hukumati Halabni tiklash rejasini qabul qildi

Foto: SANA

Suriya vazirlar mahkamasi Halab shahrining bosqichma-bosqich tiklanishi rejasidan iborat dasturni qabul qildi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi. 

Dastur kommunal xizmatlar va sanoatning tiklanishi, xavfsizlikning mustahkamlanishi, ta'lim va tibbiyot muassasalarining normal ishga qaytishini ko‘zda tutadi.  

Rejaning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun ishchi guruh shakllantirildi, unga jamoatchilik ishlari va uy-joy qurilishi, mahalliy o‘zini boshqarish va sayyohlik vazirlari kirgan. 

Suriya armiyasi 22 dekabrda Halabning terrorchilardan to‘liq ozod qilinganini e'lon qilgandi.

 

Top