15:54 / 08.01.2017
10736

Video: Amerikalik basketbolchi qizlar o‘yin vaqtida mushtlashib ketishdi

Basketbol bo‘yicha Amerika talabalari ligasi doirasida Yuta va Nevada shtatlari jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda mushtlashuv ro‘y berdi. Bu haqda tvitterdagi sahifalardan biri orqali ma'lum qilingan.

Bu ziddiyat o‘yinning uchinchi qismi oxirida kelib chiqqan. Ushbu holat videosida avvaliga ikki sportchi o‘rtasida aytishuv bo‘lgani, keyin mushtlar ishga tushganini ko‘rish mumkin. Keyinchalik ularga jamoadoshlari qo‘shilgan.

Top