16:24 / 08.01.2017
9775

Video: Messi va Suares Enrikening yordamchisini qiynashdi

Luis Suares internetga o‘zi va Messi Ispaniya chempionati doirasida «Vilyarreal»ga qarshi kechadigan o‘yindan oldin murabbiy yordamchisi bilan birga og‘ir jismoniy mashg‘ulotlar o‘tkazayotgani tasvirlangan videoni joyladi.

Videoda futbolchilarning yonida Luis Enrikening yordamchisi Pepe Kosta ham mashg‘ulot bajarayotgani va azob chekayotganini ko‘rish mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, Messi va Suares murabbiy ham ular bilan birga qiyin mashqlarni bajarishini yoqtiradi.

 «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuv 8 yanvar oqshomida bo‘lib o‘tadi.

Top