23:05 / 09.01.2017
7683

2016 yilning ramziy terma jamoasi e'lon qilindi: Tarkibda Grizmann yo‘q

Bugun Shveytsariyaning Tsyurix shahrida FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda.

Dastlab, FIFA tomonidan 2016 yilning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasi e'lon qilindi.

Tarkibda 9 nafar futbolchi Ispaniya chempionati vakili, shundan 5 nafari «Real», 4 nafari «Barselona» vakili. O‘tgan mavsumda yorqin o‘yin namoyish etgan va yil futbolchisi bo‘lish uchun da'vogar Antuan Grizmannga tarkibda joy topilmagan. Kataloniyaliklar jamoasi vakillari taqdimot marosimiga kelmagan. 

Ramziy terma jamoa: Manuel Noyyer («Bavariya») – Dani Alves («Yuventus»), Serxio Ramos («Real»), Jyerar Pike («Barselona»), Marselo («Real») – Toni Kroos, Luka Modrich (har ikkisi «Real»), Andres Inesta («Barselona») – Krishtianu Ronaldu («Real»), Leonel Messi, Luis Suares (har ikkisi «Barselona»).

Mavzuga oid
Top