08:44 / 09.01.2017
4198

AQShlik xokkeychilar ketayotgan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Foto: Transport / Photo / Images / globallookpress

Milliy xokkey ligasining "Dallas Starz" klubi xokkeychilarini Sent-Luis aeroportidan Los-Anjyelesga olib ketayotgan samolyot orqaga qaytib favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda Bellevile News-Democrat nashri xabar bermoqda

Boeing 737 samolyoti havoga ko‘tarilgandan 5 daqiqa o‘tib uchuvchilar kabinasida tutun paydo bo‘lgani sababli qo‘nishga majbur bo‘lgan. 

Aeroport o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘ining aytishicha, tutunning paydo bo‘lishiga elektr tarmog‘idagi muammo sabab bo‘lgan, biroq alanga chiqmagan.

Samolyotda 50 yo‘lovchi, jumladan klub o‘yinchilari va xodimlari bo‘lgan. Xokkeychilar manzilga boshqa samolyotda uchib ketganlar. Ular Los-Anjyelesda mahalliy "Los-Anjyeles Kingz" jamoasi xokkeychilari bilan uchrashadilar.

 

Top