20:50 / 09.01.2017
11301

Borgan joyi manzarasini sviter qilib to‘quvchi erkak internetning navbatdagi yulduziga aylandi

Sem Barski o‘z xobbisi yordamida internetning navbatdagi yulduziga aylandi. Gap shundaki, u qayerga borsa o‘sha yerning manzarasini sviter qilib to‘qiydi hamda uni kiyib aynan o‘sha joy fonida suratga tushadi. Bu haqda Reddit xabar bermoqda.

Sem to‘qishni 1999 yilda boshlagan edi va shu paytga qadar 103 ta sviter to‘qigan. Ularda dunyoning turli joylari manzaralari aks etgan. Ular orasiga Nyu-Yorkdagi Tayms-skverni, Britaniyadagi Stounxenjni, San-Frantsiskodagi “Oltin darvoza”ni kiritish mumkin. Gohida u diqqatga sazovar joylarni emas, balki oddiy manzaralarni, misol uchun, elektr uzatish liniyasini yoki olcha bog‘ini tanlaydi. Barski shundan so‘ng tayyor bo‘lgan sviterini kiyadida, o‘sha manzara fonida suratga tushadi.

 

Top