13:34 / 09.01.2017
3986

Boris Jonson Trampning asosiy maslahatchilari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Foto: Global Look Press via ZUMA Press

Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Nyu-Yorkda AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning yaqin maslahatchilari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, muloqot «ijobiy, ammo oshkora» ruhda bo‘lib o‘tgan.

Birlashgan qirollik TIV rahbari, shuningdek, Kongress a'zolari bilan ham uchrashgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Britaniya tashqi siyosat mahkamasi vakiliga asoslangan holda. 

Bu Buyuk Britaniya vazirining AQSh bo‘lg‘usi ma'muriyati a'zolari bilan o‘tkazgan ilk rasmiy uchrashuvidir. 

Xabarlarga ko‘ra, muzokaralar diqqat markazida Buyuk Britaniya va AQSh munosabatlari hamda boshqa xalqaro masalalar bo‘lgan. 

BBC xabariga ko‘ra, Jonson Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner va Oq uyning bo‘lg‘usi yetakchi strategi Stiv Bennon bilan uchrashgan. 

Mavzuga oid
Top