20:27 / 09.01.2017
28649

Dayjyest: Ramatov zimmasiga yuklatilgan vazifa, Obamaning eng qiyin bo‘lgan qarori, Lola Karimova “Oltin globus”da va boshqa xabarlar

Yakunlanib borayotgan 9 yanvar O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekistonda

Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi yo‘l qurilishi davom etmoqda. Batafsil
O‘zbekiston mintaqalarida hukumatning vakolatli vakillari paydo bo‘ladi. Batafsil 
O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘iga ko‘ra Navoiy va Jizzax viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Batafsil 
Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining virtual qabulxonasi ochildi. Batafsil 
O‘zbekistonning 2017 yildagi qurilish ishlari Ramatov zimmasiga yuklatildi. Batafsil 
O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi 27 mamlakat sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilish to‘g‘risidagi 2017 yil 1 apreldan kuchga kirishi lozim bo‘lgan Prezident farmoni ijrosi kechiktirildi. Batafsil 

Jahonda

Isroil huquq-tartibot muassasalari Qudusda yuk mashinasida terakt sodir etgan erkakning shaxsini aniqlashdi. Batafsil 
AQSh tanklarining Germaniyaga yetkazilishi videosi paydo bo‘ldi. Batafsil 
Obama qabul qilgan eng qiyin qarori qaysi bo‘lganini aytdi. Batafsil 
Eronning eng nufuzli siyosatchilaridan biri, sobiq prezident Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy yurak xuruji natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Batafsil 
Birlashgan millatlar tashkiloti Estoniya, Latviya va Litva maqomini rasman o‘zgartirdi. Batafsil 
Istanbul 2009 yildan buyon birinchi marta ana shunday noqulay ob-havo sharoitida qolmoqda. Batafsil 
Tojikiston aviatsiya boshqaruvi Rossiya tomoni bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar yuzasidan vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilishni davom ettirishga tayyor. Batafsil 
Xitoy janubi-g‘arbidagi Xunshuyxe daryosida dunyodagi eng uzun suzib yuruvchi yo‘l qurildi. Batafsil
NASA Yer va Oyning Mars orbitasidan olingan suratlarini taqdim etdi. Batafsil 
Rossiyaning Samara viloyatida 7 yanvar kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Batafsil 
Qozog‘istonning Chimkent shahrida qurilish ishlarini olib borayotgan quruvchilar kutilmagan topilmaga duch kelishgan. Batafsil 

«Oltin globus» mukofoti

AQShning Los-Anjyeles shahrida «Oltin globus» 74-kinotelevizion mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Oltin globus» sovrinlari o‘z egalariga topshirildi. Batafsil 
«Oltin globus» mukofotlarini qo‘lga kiritganlik bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Batafsil

Lola Karimova Los-Anjyelesdagi "Oltin globus" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi. Batafsil 

Texnologiya yangiliklari

Ilk iPhone taqdimotiga 10 yil bo‘ldi. Batafsil
Volkswagen elektrmotorli yo‘ltanlamas miniven ishlab chiqdi. Batafsil
Eng kichik Mercedes-Benz krossoveri yangilandi. Batafsil 
Janubiy Koreyaning KIA kompaniyasi rasman eng tezkor Stinger modelini namoyish etdi. Batafsil

Top