23:26 / 09.01.2017
7390

FIFA yil muxlislarini e'lon qildi

FIFA talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi muxlislari «Liverpul» va Dortmundning «Borussiya» jamoasi bo‘ldi.

14 aprel kuni «Liverpul» va «Borussiya» muxlislari Yevropa Ligasining yarim finali doirasida kechgan uchrashuv vaqtida You'll never walk alone qo‘shig‘ini birga kuylashgandi. Bu aksiya «Hillsboro»dagi fojia vaqtida qurbon bo‘lgan «Liverpul»ning 96 nafar muxlisi xotirasiga bag‘ishlangandi. O‘shanda fojiaga 27 yil to‘lgandi.

Bu mukofot uchun Yevropa chempionati vaqtida futbolga yangicha olqishlash uslubi olib kelgan Islandiya terma jamoasi muxlislari hamda «Ado Den Xaag» jamoasi muxlislari ham da'vogar bo‘lgandi.

Mavzuga oid
Top