12:29 / 09.01.2017
4980

General Motors Trampning tanqidiga qaramay rejalarini o‘zgartirmaydi

Foto: © Flickr

AQShning General Motors kompaniyasi ijrochi direktori Meri Barraning bayonot berishicha, kompaniya saylangan prezident Donald Trampning tanqidiga qaramay, o‘z rejalarini o‘zgartirmaydi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qilmoqda.

Barra Detroytdagi avtoshou avvalida o‘tkazilgan anjumanda ma'lum qilganidek, avtosanoatda biznesni rivojlantirish qarori bir necha yil oldinni ko‘zlab qabul qilinadi. 

Uning qayd etishicha, bojlarni joriy qilinishi haqida gapirishga hali ancha erta. Barraning fikricha, General Motors nuqtai nazari Tramp qarashlaridan farqlanmaydi, aksincha deyarli bir xildir. 

Eslatib o‘tamiz, Barra AQSh yetakchisiga iqtisodiy masalalar bo‘yicha masalahat beruvchi guruh a'zosi hisoblanadi. 

Avvalroq, Tramp General Motors kompaniyasi Meksikada ishlab chiqargan avtomobillarini boj to‘lovisiz AQShga olib kirishini tanqid qilgan edi. 
 

Mavzuga oid
Top