19:49 / 09.01.2017
11069

Xitoyda dunyodagi eng uzun suzib yuruvchi yo‘l ochildi

Xitoy janubi-g‘arbidagi Xunshuyxe daryosida dunyodagi eng uzun suzib yuruvchi yo‘l qurildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. U yangi sayyohlik attraksioni tasvirlangan rolikni taqdim etdi.

Yo‘l uzunligi deyarli 50 kilometrga teng. Bu Manxettendan (21 kilometr) ikki marotaba ko‘proqdir. Bunday yo‘nalish bo‘yicha sayr qilishga deyarli o‘n soat vaqt ketadi.

U "Ginnessning rekordlar kitobi"ga dunyodagi suzib yuruvchi eng uzun yo‘l sifatida kiritildi. Obekt 1 yanvar kuni ochildi va yangi yilning birinchi haftasida unga 60 ming sayyoh tashrif buyurgan.

Ushbu inshoot daryodagi suv hajmi bilan ko‘tariladi hamda tushadi. Yo‘l bo‘ylab 200 mingdan ortiq turli suzib yuruvchi obektlar joylashgan. Shunisi qiziqki, turistik yo‘nalish qorong‘i tushganda yorqin ranglarda bezaladi.
 

Top