19:09 / 09.01.2017
7696

Messi FIFAning taqdirlash marosimiga bormaydi

Kataloniyaning «Barselona» futbol klubi hujumchisi Lionel Messi FIFAning 2016 yildagi eng yaxshi futbolchiga mukofot topshirish marosimiga kelmaydi. U eng yaxshi o‘yinchi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatida bor. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda. Tsyurixga argentinalikdan tashqari Xerard Pike, Andres Inesta va Luis Suares ham borishmaydi.

Ma'lumot uchun, France Football jurnali 2016 yildan beri yana «Oltin to‘p» mukofotini, FIFA – o‘zining sovrinini topshirib kelmoqda. O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra «Oltin to‘p»ni «Real» forvardi Krishtianu Ronaldu qo‘lga kiritdi, «The Best»ga esa Ronaldu, Lionel Messi («Barselona») va Antuan Grizmann («Atletiko») da'vogarlik qilmoqda.

Mukofotlarni topshirish marosimi bugun Tsyurix shahrida bo‘lib o‘tadi.

Top