11:50 / 09.01.2017
6513

«Toshkent» RFBning 2016 yilgi aylanmasiga doir ma'lumotlar taqdim etildi

Foto: «Toshkent» Respublikasi fond birjasi

«Toshkent» Respublika fond birjasi savdo aylanmasining umumiy hajmi 2016 yilda birja faoliyati tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichni - 299,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi va 2015 yil savdo aylanmasiga (161,0 mlrd. so‘m) nisbatan 1,9 martaga oshdi. Bu haqida RFB rasmiy saytida xabar berildi. 

Bu davrda fond birjasida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan bitimlar soni 3080 tani tashkil etgan holda 2015 yilga nisbatan 1,1 marta yuqori natija qayd etildi. Yil boshidan buyon birja savdolari orqali 141 ta aksiyadorlik jamiyatining 689,1 mln. dona qimmatli qog‘ozlari bilan birja bitimlari amalga oshirildi.

Manba: «Toshkent» Respublikasi fond birjasi

2016 yil davomida quyidagi savdo seksiyalarida savdo bitimlari amalga oshirildi:

- davlat aksiya paketlarini sotish seksiyasida – 22,3 mlrd. so‘mlik savdo bitimi, shundan 0,4 mlrd. so‘mlik qismi (0,13 mln. AQSh doll.) xorijiy valyutada sotilgan;

- ikkilamchi bozor seksiyasida – 205,5 mlrd. so‘mlik savdo bitimi, shundan 112,6 mlrd. so‘mlik qismi (35,9 mln. AQSh doll. va 45,7 ming Yevro) xorijiy valyutada sotilgan;

- qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalarni joylashtirish seksiyasida - 68,0 mlrd. so‘mlik savdo bitimi, shundan 10,0 mlrd. so‘mlik qismi (3,4 mln. AQSh doll.) xorijiy valyutada sotilgan;

- korporativ obligatsiyalar  bilan 4,0 mlrd. so‘mlik bitim imzolandi. 

O‘tgan 2016 yilda umumiy birja savdo aylanmasida iqtisodiyotning moliyaviy tarmog‘i ulushi 51,6% yoki 154,8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan holda, shundan 50,6% yoki 151,8 mlrd. so‘mlik qismi tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlardan iborat bo‘ldi. 2015 yilda birja savdo aylanmasida moliyaviy tarmoqning ulushi 88,4% yoki 141,3 mlrd. so‘mni tashkil qilgan edi.

Shuningdek, o‘tgan davrda umumiy birja savdo aylanmasida agrosanoat majmuasining ulushi o‘sgan holda 5,3% yoki 14,9 mlrd. so‘mni (2015 yilda – 7,4% yoki 11,8 mlrd. so‘m), sanoat tarmog‘ining ulushi esa 24,6% yoki 73,7 mlrd. so‘mni (2015 yilda – 0,3% yoki 0,5 mlrd. so‘m) tashkil qildi.

Qurilish materiallari tarmog‘iga kiruvchi jamiyatlarning qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshirilgan bitimlar hissasi birja savdo aylanmasida 1,2% yoki 3,5 mlrd. so‘mdan (2015 yilda – 1,9% yoki 3,1 mlrd. so‘m) iborat bo‘ldi.

Top