18:33 / 09.01.2017
4228

Vitaliy Denisov «Lokomotiv»ning muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga baho berdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi o‘zbekistonlik himoyachiisi Vitaliy Denisov «temiryo‘lchilar»ning RFPL birinchi davrasidagi bir qator muvaffaqiyatsiz o‘yinlariga izoh berib o‘tdi.

«Lokomotiv» mashg‘ulotlarga zo‘r berishi natijasida o‘yinini kuchaytirishi lozim. Tinmasdan mehnat qilish kerak.

Biz murabbiylar o‘ylagan taktikalarni bajarishimiz va o‘zimizga ishonchni orttirish lozim. Birinchi davradagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlar tasodif ekanini tushunishimiz lozim. Bu tasodif undan ortiq emas.

Biz yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz, ishlashimiz, mashg‘ulotlarga zo‘r berishimiz kerak. Shunda hammasi joyiga tushadi. Hozir chempionat o‘yinlarini o‘ylashning vaqti emas, hozir yig‘inlarga bor e'tiborni qaratish lozim. «Krasnodar» va «Spartak»ka qarshi o‘yinlarga hali ancha bor. Ungacha bizni yig‘in davomida yaxshi raqiblarga qarshi o‘yinlar kutib turibdi», deya Denisovning so‘zlarini keltiradi «Chempionat».

Manba: Tribuna.uz

Top