15:56 / 10.01.2017
2417
British Airways xodimlari ish tashlashni boshlashdi
Foto: RIA "Novosti"

Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi xodimlari ikki kunlik ish tashlashni boshlashdi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti"

Ish tashlashda Unite kasaba uyushmasining deyarli 3 ming a'zosi ishtirok etmoqda. Uyushma ma'lumotlariga ko‘ra, aksiyaga “qashshoq” ish haqlari va ish beruvchilar tomonidan va'dalarni bajarmaganlik sabab bo‘lgan.

British Airways’ning xabar berishicha, ish tashlash Londondagi Xitrou aeroportlari - Gatvik va London-Sitidan amalga oshirilayotgan aksariyat reyslar parvoziga ta'sir ko‘rsatmaydi.

British Airways 2010 yilda Mixed Fleet tizimi asosida ishlashga o‘tdi. Unda bir ekipaj ikki turdagi uzoqlikka parvoz qilinishi mumkin. Buning uchun ularga yiliga 21-25 ming funt streling miqdorida pul mukofoti va'da qilingan. Biroq kasaba uyushmasi ma'lumotlariga ko‘ra ekipaj a'zolarining ish haqi aslida yiliga 12 ming funtni tashkil qilgan. Ko‘rsatilgan tizim bo‘yicha ishlovchi xodimlarning aksariyati oilasini boqish uchun dam olish kunlari qo‘shimcha ishda mehnat qilishga majbur bo‘lishadi, deyiladi kasaba uyushmasi xabarida.

Top