18:30 / 10.01.2017
9617

Xitoy ilk Su-35 samolyotlarini qabul qilib oldi

Xitoy tomoni 4++ avlodidagi Su-35 qiruvchi samolyotining 4 donasini shartnoma bo‘yicha qabul qilib olganini tasdiqladi. Mazkur bitim 2015 yil dekabrida imzolangan edi. Harbiy samolyotlarni topshirish belgilangan muddatda amalga oshirilgan, deb xabar qilmoqda Defense News agentligi.

Umuman, shartnomaga muvofiq, Rossiya tomoni Xitoyga jami 24 dona Su-35 yetkazib beradi. Taxminlarga ko‘ra, Xitoy Rossiyaning aviatsiya texnologiyalaridagi yangiliklardan boxabar bo‘lish maqsadida mazkur bitimni imzolagan. Xitoy tomonini yangi samolyotlardagi Saturn AL-41F1S (117) agregati qiziqtirmoqda. 

Aynan ushbu dvigatellar Su-35 samolyotining o‘ta harakatchanligini ta'minlaydi. Ta'kidlash joizki, bu dvigatel beshinchi avlod qiruvchi samolyoti PAK FA (T-50)ga o‘rnatiluvchi AL-41F1 dvigatelining soddalashtirilgan namunasi hisoblanadi. 

Su-35 4++ toifasiga kirsa-da, qator ko‘rsatkichlari bilan beshinchi avlod samolyotlaridan unchalik ham farqlanmaydi. 

Mavzuga oid
Top