08:18 / 10.01.2017
4284

Xitoyda inflyatsiya 2016 yil yakuniga ko‘ra atigi 2 foizga teng bo‘ldi

Foto: © Fotolia/ Vladimir Wrangel

Xitoyda iste'mol narxlari indeksi (inflyatsiya, CPI) 2016 yil yakuniga ko‘ra 2,0 foizga ortdi va hukumat taxminidan ham yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda Xitoy davlat statistik byurosi ma'lumotlarida so‘z yuritilgan.

Xitoy hukumati o‘tgan yilning boshida 2016 yilda inflyatsiya darajasi 3 foizni tashkil etishini bashorat qilgandi.

Shu bilan bir qatorda, mamlakatda dekabr oyida inflyatsiya darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga qadar oshdi.

Bundan tashqari, dekabrda ishlab chiqaruvchilar narxi indeksi 2011 yilning sentabridan beri eng maksimum darajaga oshdi – 5,5 foiz. Reyter agentligi tomonidan so‘rovdan o‘tkazilgan tahlilchilar dekabrda 4,5 foizlik ko‘rsatkichni taxmin qilishgandi. 2016 yil yakuniga ko‘ra esa ishlab chiqaruvchilar narxi indeksi 1,4 foizga tushgan.

 

Top