00:05 / 10.01.2017
14885

Kartoshkaning 52 mln yillik "bobosi" topildi

Argentinada 52 million yillik ikki qazilma hosili topildi. Topilma ko‘plab zamonaviy o‘simliklar, shu jumladan kartoshka va pomidorning evolyutsiyasini tushunishga yordam beradi. Science jurnali shu haqida ma'lumot berdi

Manbaga ko‘ra, o‘simlik ituzumlar oilasiga kiradi. Hozirda ular hamma yerda tarqalgan, lekin ularning erta tarixi hozircha noma'lum - olimlar faqat bir nechtagina qazilma urug‘ini topishgan. Topilma ituzumlar oilasining eng yirigi hisoblangan fizalislarga mansub. Fizalislarning turlaridan biri - sabzavot fizalisi tomatlarga qarindosh hisoblanadi va Meksika oshxonasida qo‘llaniladi. Topilmaga ko‘ra, fizalis va ituzumlar avvalgi ma'lumotlardan ancha oldinroq paydo bo‘lgan: sabzavot fizalisi ilgari 25 million yil avval paydo bo‘lgani taxmin qilinardi. 

Tadqiqot o‘tkazilgan hududda 6 mingga yaqin qazilma o‘simliklari  topilgan, biroq ularning faqat ikkitasigina fizalislarga tegishli bo‘lgan. 


 

Mavzuga oid
Top