11:07 / 10.01.2017
4804

Kot-d'Ivuar prezidenti armiya, politsiya va jandarmeriya boshliqlarini qo‘mondonlikdan chetlatdi

Kot-d'Ivuar prezidenti Alassan Uattara mamlakatning turli joylarida harbiylar tomonidan uyushtirilgan ikki kunlik isyondan keyin armiya, politsiya va jandarmeriya boshliqlarini qo‘mondonlikdan chetlatdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, armiya generali Sumayla Bakayoko, milliy politsiya bosh boshqarmasi boshlig‘i Bredu M'Bia va milliy jandarmeriya qo‘mondoni Jyerve Kuaku Kuassi qo‘mondonlikdan chetlatilganlar.

6 yanvarda harbiy xizmatdan bo‘shatilgan harbiylar Kot-d'Ivuarning yirikligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahri Buakeda qurol-aslaha omborini egallab olib, shahar ustidan nazoratni qo‘lga olganlar. Amaldagi harbiylarning isyonlari Daloa va Korxogo shaharlarida yuz bergan. Harbiylar maoshlari oshirilishi va turmush tarzlari yaxshilanishini talab qilishmoqda.

 

Top