16:42 / 10.01.2017
14690

Sud sobiq vazirning uy qamog‘ida qolish muddatini uzaytirdi

Foto: «Ystav.com»

Moskva shahar sudi 2 million dollar pora olishda ayblanayotgan Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi sobiq vaziri Aleksey Ulyukayevga nisbatan belgilangan uy qamog‘i muddatini 15 aprelga qadar uzaytirdi.

Bundan avvalgi xabarlarda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri, 2 million dollarlik poraxo‘rlikda ayblanib hibsga olingan Aleksey Ulyukayev ikki oyga uy qamog‘iga mahkum etilganligi haqida aytilgandi.

Ulyukayevning ishi bo‘yicha tergov ishlari 15 maygacha davom etadi.

Top