13:19 / 10.01.2017
11333

Tramp xitoylik milliarder Jyek Ma bilan uchrashdi

Foto: Cnbc.com

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp internet tarmog‘idagi eng yirik savdo maydoni Alibaba rahbari Jyek Ma bilan uchrashdi. Unda Xitoy kompaniyasining Amerika bozoridagi ulushini kengaytirish va mamlakatda qo‘shimcha 1 million ish o‘rinlarini yaratish haqida so‘z bordi, deb xabar bermoqda CNBC.

Jyek Ma Alibaba’ni kengaytirishda kiyim-kechak, may va mevalar kabi mahsulotlarga katta e'tibor qaratilishini ta'kidlab o‘tdi. Bunda asosan Qo‘shma Shtatlar o‘rta g‘arbi va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘rtasida savdo qilishga katta o‘rin beriladi.

«Biz asosiy e'tiborni kichik biznesga qaratmoqchimiz, shuning uchun 1 millionta kichik korxonani qo‘llab-quvvatlash haqida gaplashdik. Biz Amerika kichik biznesini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Buning uchun savdo platformasi (Alibaba — tah.) Osiyo, xususan Xitoyga o‘z qishloq xo‘jalik mahsulotini sotishda ishlatilishi mumkin», - ma'lum qildi Ma.

Aniqlik kiritilishicha, Alibaba amerikalik fermerlar uchun ish o‘rinlarini besh yil davomida yaratishni rejalashtirmoqda.
 

Mavzuga oid
Top