07:52 / 11.01.2017
13079

Cherkovda ommaviy qotillik sodir etgan amerikalik o‘lim jazosiga mahkum qilindi

Foto: Getty Images

AQShning Charlston sudi hukm chiqaruvchilari hay'ati cherkovda ommaviy qotillik sodir etgan 22 yoshli oq tanli Dilan Rufni o‘lim jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ma'lum qilinishicha, hukm chiqaruvchilar 3 soat davomida maslahatlashib, uning natijasiga ko‘ra qotilga bir ovozdan o‘lim jazosi berishga qaror qilishgan. 

AQSh adliya vazirligida "charlstonlik mergan" irqiy adovat negizida jinoyat sodir etganlik uchun o‘lim jazosiga tortilayotgan birinchi sudlanuvchi hisoblanishi aytildi.

Janubiy Karolina shtatidagi afroamerikaliklar qatnovchi cherkovga hujum 2015 yil 17 iyunda sodir etilgan. Hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan. Taxmin qilinishicha, qotil odamlarni irqiy adovat negizida o‘ldirgan. 2016 yil iyulida AQSh hukumati qotilga 33 ta modda bo‘yicha ayblov e'lon qilgan.  

Top