08:12 / 11.01.2017
10254

LG 2017 yilda NANOCELL texnologiyasi asosidagi SUPERUHD televizorlari bilan yangi ufqlarni ochmoqda

Juda ham realistik ranglar, Active HDR va Dolby Vision formati qo‘llab-quvvatlash imkoni, minimalistik dizayn – LG’dan 2017 yilda taqdim etiladigan yangiliklar yuqori sinfdagi UHD-televizorlari uchun yangi standartlarni o‘rnatmoqda

LG Electronics’dan Nano Cell texnologiyasi asosidagi SUPER UHD yangi televizorlari Las-Vegasdagi CES 2017 ko‘rgazmasida LCD-ekranlarda bugungi kunda ranglarni uzatishning eng rivojlangan texnologiyalari imkoni tufayli tasvir sifatining yangi darajasini taqdim etadi.

LG’dan Nano Cell texnologiyasi asosidagi SUPER UHD televizorlarning uchinchi avlodi tasvirni maksimal reallik holatda taqdim etib, barcha rang turini juda ham aniqlikda va ancha keng burchakda ko‘rish imkonini beradi. LG’dan SUPER UHD televizorlarning barcha modellari Active HDR va Dolby Vision formatini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa HDR-formatlarning umumiy ro‘yxatini kengaytirish hamda foydalanuvchiga yuqori sifatning HDR-kontenti butun spektriga kirish imkonini taqdim etadi. LG’dan SmartTV’ga mo‘ljallangan web OS sezish platformasining so‘nggi nusxasi va tovushning SUPER UHD televizorlaridagi har bir modellaridagi ingichka korpusning ajoyib dizayni bilan birgalikda iste'molchilarda eng qulay variantni tanlash uchun hech qanday qiyinchilik yuzaga kelib chiqmaydi. Bu ularning barcha talablari va kutishlariga to‘la javob beradi.

Nano Cell texnologiyasi asosidagi LCD-ekranlar boshqa modellardan diametri taxminan bir nanometr bo‘lgan hamda hajm jihatidan bir xil bo‘lgan zarralarning ishlatishi tufayli ustun turadi. Bu boshqa, jumladan, Quantum Dot texnologiyasi bo‘yicha yaratilgan erkanlarga qaraganda ancha keng ko‘rish burchagida barcha ranglar turini aniq yetkazib berish imkonini beradi. LG’dan Nano Cell texnologiyasi asosidagi hamda katta televizorlarga ajoyib tarzda mos tushuvchi SUPER UHD yuqori kenglikdagi ekranlari ancha keng ko‘rish burchagini saqlagan holda yaxshi rang uzatish sifatini ta'minlaydi. Shuning uchun tomoshabin rang turlarida deyarli farq sezmaydi. Bu holat u qayerda bo‘lmasin – televizor oldidami yoki unga 60 darajada bo‘lgan burchak ostidami, bu holat yuz bermaydi.

Nano Cell texnologiyasi bunday natijaga keragidan ortiq uzunlik yorug‘lik to‘lqinlarini qamrab olish tufayli erishgan. Bu ekranda ko‘rsatiluvchi ranglar tozaligini oshirish orqali amalga oshiriladi. LG’dan yangi LCD-ekranlari yorug‘likni o‘ziga tortib olish imkoniyati tufayli alohida ranglarni ancha yaxshiroq aniqlikda uzatib, ularni asl vizual kontent yaratuvchisi qanday ko‘rgan bo‘lsa, shunday holda taqdim etadi. Masalan, oddiy televizor ekranidagi yashil rang boshqa uzun to‘lqinlar rangi – sariq yoki ko‘k bilan aralashib ketishi mumkin. Buning oqibatida boshlang‘ich rang xiralashib, sariq yoki moviy tusga kiradi. LG’dan Nano Cell texnologiyasi boshlang‘ich rangni yo‘qotish ehtimoli, tasvir beqarorligi va rang uzatishning yomonlashuvi kabi boshqa muammolarni jiddiy pasaytiradi. Shuningdek, Nano Cell ekrandagi rangli shu'lani kamaytirib, tasvirning yuqori sifatini ekran ko‘plab yorug‘lik manbalari bilan o‘ralgan holda ham saqlab qolish imkonini beradi.

LG’dan Nano Cell texnologiyasi asosidagi SUPER UHD televizorlarida tasvirning ajoyib sifatini baholagan vizual kontent va rang bilan ishlash bo‘yicha soha gollivud eksperti Technicolor kompaniyasi LG bilan hamkorlikda loyiha boshladi. Uning maqsadi – kinematografchilar niyatiga mos tushadigan televizor ekranida tasvir sifatiga erishishdan iborat. Uy kinosi muxlislari Technicolor kompaniyasining 100 yillik rang uzatishning ilg‘or texnologiyasini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish boy tajribasidan «Ekspertli rejim» yordamida foydalanishlari mumkin. U LG’dan SUPER UHD televizorlarida ranglarni maksimal darajadagi aniqlik bilan yetkazib berishga mo‘ljallangan. Ikki kompaniyaning bu hamkorligi LG’dan amalga oshirib bo‘lingan 4K-televizorlari rang uzatish texnologiyalariga asoslangan bo‘lib, ular ranglarni Technicolor yuqori standartlari bilan bir xilda taqdim etishlari mumkin. Bu Hollivuddagi aksariyat kinostudiyalarda qabul qilingan.

Bundan tashqari, LG’ning Nano Cell bazasidagi yangi televizorlarida ULTRAL uminance texnologiyasi amalga oshirilgan. U tasvirning yorqinligi va bir-biridan keskin farq qilishini ta'minlandi. Yangi televizorlar ko‘plab HDR-formatlar, jumladan, DolbyVision (SB), HDR 10 va Hybrid Log Gamma, yoki HLG’ni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday ko‘pqirralilik HDREffect yangi funksiyasi bilan to‘ldirilgan. U tasvir sifatini SDR-kontentni ishga tushirganda yaxshilaydi. SDR-tasvirlar HDREffect’da kadrma-kadr qayta ishlanadi, bu esa alohida qismlarning yorqinligini oshirish, bir-biridan farq qilinishini yaxshilash va butun tasvirning tiniqligini ta'minlaydi.

LG’dan SUPER UHD yangi televizorlari BT.2020 standartiga mos kelish va milliarddan ortiq ehtimoliy rang turlarini uzatish imkoni Active HDR va Dolby Vision formatini qo‘llab-quvvatlash imkoni bilan to‘ldirilgan, bu ularga asosiy suratning kuchaytirilgan yorqinligi va ko‘plab xiralashtirilgan detallarni ta'minlash uchun keyingi avlod HDR-kontentini namoyish etishga zamin yaratadi. Televizor Active HDR funksiyasi bilan HDR-tasvirni kadrma-kadr qayta ishlash va kerakli paytda dinamik ma'lumotlarni kiritishi mumkin. Buning natijasida tomoshabin boshlang‘ich HDR-kontent dinamik va statistik ma'lumotlarga egaligidan qat'i nazar juda sifatli tasvirni oladi. 

LG’dan Smart TV uchun webOS sezgir platformasining so‘nggi nusxasi tufayli premium-sinfdagi LG televizorlarining barcha qatori foydalanuvchi uchun juda ham qulay bo‘ldi. LG’dan webOS 3.5 operatsion tizimi ko‘plab yangilanishlar bilan to‘ldirilgan, ular Magic Remote yaxshilangan funksiyasi va Magic Link yangi funksiyasini ishlatish chog‘ida barcha imkoniyatlardan osonlik bilan foydalanish imkonini beradi. Endilikda tomoshabinlar boshqaruv pultidagi bitta tugmani bosish orqali sevimli dasturga o‘tish va shu tariqa, 4K tizimining ko‘plab imkoniyatlaridan birini ishlatish imkonlari bor. Magic Link yangi tugmasi kerakli kontentni tezroq izlab topish va ayni damda ekranlar taqdim etilgan aktyor hamda qahramonlar haqidagi ma'lumotga osonlik bilan ega bo‘lish imkonini beradi. Magic Zoom yaxshilangan funksiyasi bilan esa tomoshabin tasvirning istalgan qismini kattalashtirib, qayd qilib qo‘yishi mumkin. Bu u ma'lum bir holatda barcha detallarni ko‘rishni istab qolganida yordam beradi. Shuningdek, televizor mobil telefoni yoki shaxsiy kompyuterga USB-kabel orqali ulanganda VR-kontentni 360 darajali burchakda tomosha qilish ajoyib imkoni bor. Magic Remote’dan foydalangan tomoshabin esa videoyozuvni oldinga va orqaga qaytarishi, tasvirni sichqoncha orqali kattalashtirib, kichraytirishi mumkin. Bu umumiy tasvir yoki alohida detallarni yaxshiroq ko‘rish imkonini taqdim etadi.

LG’dan SUPER UHD televizorlari Ultra Slim o‘ta ingichka formatida hamda o‘roqqa o‘xshash noyob taglikda tayyorlangan. Shuning uchun 55 dyuymli SJ9500 modelining qalinligi eng ingichka qismda atigi 6,9 millimetrni tashkil qiladi. Bu esa ekranning havoda turganidek tasavvur uyg‘otadi. LG’dan SUPER UHD televizorlarining ko‘rinishi u qayerga o‘rnatilganiga qaramay – alohida tumbadami, yoki katta ko‘ngil ochar markaz qismi sifatimi yoxud devorga osib qo‘yilgan holdami – istalgan uy ichida ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi.

«Bizning LG’ning o‘z Nano Cell texnologiyasi asosidagi 2017 yilgi SUPER UHD yangi televizorlarimiz ekranlar ishlab chiqarish sohasida inqilob qiladi va iste'molchilarning LCD-televizorlar haqidagi fikrlarini ulkan darajaga ko‘taradi, - deya ishonch bildirdi Brayan Kvon (Brian Kwon), LGHome Entertainment kompaniyasi prezidenti. — Nano Cell — bu LG o‘z innovatsiyalarini yangi texnologiyalarni qo‘llash chegaralarini kengaytirish orqali amalga oshirishiga yana bir misol. Bu tomoshabinlarning doimiy ortib borayotgan talablarini qondirish maqsadida amalga oshirildi».

Reklama huquqi asosida.
 

Top