18:50 / 11.01.2017
9504

O‘zbekiston vakili Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi tomonidan 2016 yilning eng yaxshi sportchilaridan biri deb topildi

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi “IKA’ning 2016 yildagi eng yaxshi sportchilari va voqealari” har yilgi mukofoti laureatlarini ma'lum qildi. 

Ma'lumki, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi har yil boshida “Eng yaxshi kurashchi”, “Eng yaxshi kurashchi ayol”, “Eng yaxshi chempionat”, “Eng yaxshi hakam”, “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng yaxshi milliy federatsiya” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqlaydi.

Suhrob Xudoyberdiyev

2016 yilgi “Eng yaxshi texnika egasi” deb O‘zbekiston vakili Suhrob Xudoyberdiyev tan olindi. U Vetnamning Danang shahridagi Osiyo sohil o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan. Aytilishicha, sportchimiz “O‘yinlarning yarim final va final bellashuvida bir qator ajoyib va chiroyli tashlashlarni amalga oshirdi”.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan 2016 yilning “Eng yaxshi kurashchisi” deb Eron vakili Mustafo Dalirian tan olindi. “Eng yaxshi kurashchi ayol” deb Xitoy Taybeyi vakilasi Li Van Ting qayd etilgan bo‘lsa, “Eng yaxshi murabbiy” deb Janubiy Koreya terma jamoasi ustozi Sun Jun Kyun e'tirof etildi. Kongo Respublikasi Kurash federatsiyasi “Eng yaxshi milliy federatsiya” deb ataldi. Shuningdek, “Eng yaxshi chempionat”, “Eng yaxshi erkak hakam”, “Eng yaxshi ayol hakam”, “Eng yaxshi kontinental federatsiya” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Li Van Ting
Mustafo Dalirian
Mavzuga oid
Top