00:11 / 12.01.2017
6214

Abu-Dabida neftni qayta ishlovchi zavodda yong‘in chiqdi

BAAning Abu-Dabi amirligidagi neftni qayta ishlovchi zavodlardan birida yong‘in chiqdi. Bu haqda zavodga egalik qiluvchi Abu Dhabi National Oil Company milliy neft kompaniyasi ma'lum qildi.  

"Biz Takreer Ruwais zavodida yong‘in chiqqanini tasdiqlaymiz. Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha ish olib borilmoqda, ayni vaqtda jabrlanganlar haqida hech qanday ma'lumot yo‘q", deb aytildi kompaniyaning tvitterdagi xabarida.

Kompaniyada mahalliy aholi uchun hech qanday xavf yo‘qligi ta'kidlab o‘tildi.

Top