21:38 / 12.01.2017
49643

Quvnoq video: "Salom Mayk aka" yoxud Tayson o‘zbekistonliklar qurshovida

Youtube’da jahonning eng mashhur bokschisi Mayk Tayson bir guruh o‘zbekistonlik muxlislar qurshovida qolgani videosi paydo bo‘ldi.

Videorolikda o‘zbekistonliklarning “Temir Mayk”ni o‘rab olib, u bilan ko‘rishishgani, suratga tushishga harakat qilishgani aks etgan. Tansoqchilar qanchalik harakat qilmasin, o‘zbekistonliklar u bilan “selfi” tushishning uddasidan chiqishgan. 

Tayson bu ishlarga e'tiroz bildirmagan, aksincha, zavqlanib, bu holatni kulgiga olgan.


Top